14 jan 17:29
Yangiliklar
Boks/MMA
Adesenya oktagonga ko'tariladigan oqshomning ikkinchi asosiy jangi ham elon qilindi
Bugun tongda UFC prezidenti Dana Uayt 28 mart kuni AQSHning Sietl shahrida o'tkaziladigan UFC Fight Night turniri uchun ikkita asosiy bellashuvni elon qildi.
Xabar berilganidek, turnirning markaziy jangi o'rta vazn toifasining nigeriyalik sobiq chempioni Israel Adesanya hamda AQSH vakili Jo Payfer o'rtasida kechadi.
Uaytning malum qilishicha, co main event bahsida ayollar o'rtasida o'ta engil vaznning meksikalik sobiq chempioni Aleksa Grasso amerikalik Meysi Barber bilan bahs olib boradi.
Takidlash joiz, 32 yoshli Grasso hozirga qadar 22 ta jangda qatnashib, 16 ta g'alaba, 5 ta mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. 27 yashar Barber hisobida esa 15 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar