08 avg 19:29
Yangiliklar
Futbol
AFA prezidenti Skalonining terma jamoadagi kelajagi haqida gapirdi
Argentina futbol associaciyasi (AFA) prezidenti Klaudio Tapia milliy terma jamoa bosh murabbiyi Lionel Skalonining kelajagi borasidagi masalaga to'xtaldi.
U murabbiyni terma jamoada qolishga ko'ndira olishiga ishonch bildirdi. 48 yoshli Skalonining amaldagi shartnomasi shu yilning oxirida o'z nihoyasiga etadi.
"Men Lionelni juda yaxshi ko'raman. U bu erda og'ir damlarni boshidan kechirdi. Barchamiz uning qolishini xohlaymiz. Muzokaralar juda ilgarilab ketgan.
Mening rejam — bu Skaloni", — deydi AFA rahbarining so'zlarini keltirgan "TyC Sports" nashri.

Havola :
Fikrlar