28 okt 12:24
Yangiliklar
Boks/MMA
Afsonalar jangi 2: Pakyao - Meyvezer revansh jangi o'tkaziladi + FOTO
Sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni, filippinlik 46 yoshli Menni Pakyao besh vaznda sobiq jahon chempioni, amerikalik 48 yashar Floyd Meyvezerga qarshi revansh jangini o'tkazishi mumkin.
Bu haqda The Ring jurnalining amerikalik nufuzli insayderi Mayk Kopinger malum qildi.
Malumotlarga ko'ra, hozirda tomonlar muzokaralarni boshlashgan. Bundan tashqari, jangni Netflix’da translyaciya qilish imkoniyati ham ko'rib chiqilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Floyd va Menni o'rtasidagi birinchi jang 2015 yilning 2 may kuni Las-Vegas (Nevada shtati, AQSH) shahrida bo'lib o'tgan edi. Jang to'liq 12 raund davom etgan va hakamlarning yakdil qarori bilan kichik Meyvezerning g'alabasi bilan yakunlangan edi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar