So’nggi yangiliklar

15:53Пётр Ян: "Мен яна Двалишвили ва О’Мэлли билан жанг қилмоқчиман" 0 15:28"Манчестер Сити" Англия терма жамоаси аъзоси билан шахсий шартнома борасида келишиб олди 0 15:06Хамзат Чимаев UFC 319дан сўнг фаолиятини якунлаши мумкин — Кайо Борральо 0 14:41"World Taekwondo Diamond Games": Мусобақани олтин медал билан бошладик! 0 14:20Иноуэ Аҳмадалиев билан жанги анонсига муносабат билдирди 0 13:59Расман: Муҳаммад Қудус – "Тоттенхэм" футболчиси! 0 13:38Рой Жонс — Флойд Мейвезерга: "Сен билан жанг қилишга тайёрман" 0 13:17Оғир атлетикачиларимиз Осиё чемпионатида медаллар бўйича биринчи бўлишди 0 12:56Бугун Холмурод Нурматов ACA 189 турнирида октагонга чиқади 0 12:35Россиялик ҳужумчи иккинчи даврани Ўзбекистонда ўтказиши мумкин 0 12:14Уимблдон. Дунёнинг биринчи ракеткаси финалга чиқа олмади 0 11:53Аҳмадалиев — Иноуэ кардида яна иккита чемпионлик жанги ўтказилади 0 11:32Икки шахматчимиз бугун FIDE Жаҳон кубогининг иккинчи босқич тай-брек баҳсида ўйнайди 0 11:11“Насаф“нинг яна бир етакчиси легионерга айланиши мумкин 0 10:50Шакур Стивенсон рақиби билан кўз уриштирди (ВИДЕО) 0

24 may 14:36
Yangiliklar

Gimnastika, Qiziqarli!, Parij-2024

Afsonaning ertagi yakunlandi: Rekordlar, Germaniyaga ketish va O'zbekistonga qaytish, bayroqdorlikdan "chopilish" va Olimpiada medali orzusi. CHusovitinani qanday eslab qolamiz?

Kuni kecha Oksana CHusovitina jarohat sabab Parij Olimpiadasiga licenziya beruvchi musobaqada ishtirok eta olmasligi malum bo'ldi.

Kimdir bu yangilikni afsuslar bilan kutib olgan bo'lsa, yana kimdir "opa" allaqachon yoshlarga yo'l bo'shatishi lozim bo'lganligi haqida fikr bildirdi.  

CHusovitina nafaqat o'zbek, balki jahon sport olamida afsona hisoblanadi. Balki o'zbek sport muxlislari uchun futbol, boks va boshqa yakkakurash yo'nalishlar qiziq hisoblanar, gimnastika haqidagi yangiliklar yuqorida sanalgan sport turlari kabi katta qiziqish bilan kutib olinmas... Ammo Oksana CHusovitina haqidagi yangilik nafaqat O'zbekistonda, balki butun dunyo miqyosida katta qiziqish bilan kuzatiladi. CHusovitinaning jarohati haqidagi yangilik ham dunyo media olamida keng muhokamaga sabab bo'lgan mavzulardan biri bo'ldi. 

CHusovitina 1975 yilda Buxoroda tug'ilgan. U dunyoda sakkizta Olimpiadada qatnashgan yagona gimnastikachi hisoblanadi. 

U 1992 yilgi Barselona Olimpiadasida oltin, 2008 yilgi Pekin Olimpiadasida kumush medalni qo'lga kiritgan. Oltin medalni u Sobiq Ittifoq mamlakatlari sportchilaridan tuzilgan jamoa tarkibida, kumush medalni esa Germaniya terma jamoasi uchun olgan. 

1992 yilgi vaziyat o'z-o'zidan tushunarli. 2008 yilgi holat bo'yicha esa bir qancha tushunmovchiliklar, turli variantlar yangraydi.


Germaniyaga ketish

"Opa" 2007 yildan Germaniya terma jamoasi sharafini himoya qila boshlaydi. Bunga oilaviy masalalar sabab bo'lgan. CHusovitinaning farzandi Alisherda aniqlangan oqqon kasalligi uni Germaniyaga borishga majbur qiladi. Moliyaviy tomonlama qulay taklif olgan Oksana Germaniya sharafini himoya qiladi va Olimpiadada kumush medalga ega chiqadi. Aynan ushbu pullar evaziga uning farzandi kasallikdan halos bo'ladi. 2012 yilgi Olimpiadada ham Germaniya terma jamoasi sharafini himoya qilgan Oksana 2013 yildan boshlab yana O'zbekistonga qaytadi. CHusovitinaning qaytishida o'sha paytda Milliy Olimpiya qo'mitasi rahbari bo'lgan rahmatli Mirabror Usmonov, shuningdek Bosh kotib Oybek Kasimovlarning ulkan hissasi borligini alohida qayd etish lozim.  

Orzu

CHusovitina O'zbekistonga qaytgach, yana xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini himoya qila boshlaydi. Jahon kubogi bosqichlari, Osiyo chempionatlari, Osiyo o'yinlaridagi medallar va boshqa xalqaro turnirlar... U O'zbekiston uchun Olimpiada medalini olishni eng katta orzularidan biri sifatida bir necha bor takrorlab kelgan. Afsuslar bo'lsinki, Rioda ham, Tokioda ham qahramonimizga medal olish nasib etmadi. 

Tokiodagi "bayroqdorlik" va xayrlashuv

Bir necha kun oldin Olimpiadaga oid material tayyorlashni maqsad qilib, bayroqdorlar mavzusiga ham ko'z yugurtirgandim. O'shanda balki endi bu safar Parijda CHusovitinaga "bayroqdor bo'lish vazifasi topshirilar" degan o'y o'tgandi. Lekin jarohat bunday ehtimol va taxminlarni yo'qqa chiqarib tashladi. 

Tokioda yodingizda bo'lsa, avvaliga uni bayroqdor sifatida elon qilib, keyinchalik bu sharafli vazifani olib qo'yishgandi. "Nima uchun bayroqdorlikni olib qo'yishganini menga tushuntirishmadi. SHunchaki meni bormasligimni aytishdi, tamom. Motivaciyani o'ldirishdi. Bunday qilish mumkin emas. SHunchaki tushuntirsa bo'ladiku, barchamiz odammiz, tushunamiz", degandi CHusovitina o'shanda. Bunday "chopilish" o'z navbatida jahon OAVida ham katta shov-shuvga sabab bo'lgandi. O'sha qarorni qabul qilganlar uchun bu safar CHusovitina bilan bog'liq bunday "boshog'riq" bo'lmaydi.

Tokio Olimpiadasidagi ishtirokdan so'ng u katta sportdagi faoliyatini yakunlaganini elon qilgandi va katta arenada u bilan munosib tarzda, xalqaro sport hamjamiyati ko'z o'ngida xayrlashilgandi. 

Sportga qaytish

2021 yilning oktyabr oyida CHusovitina yana katta sportga qaytishini va 2022 yilgi (keyinchalik 2023 yilga qoldirilgan) Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik ko'rishini elon qildi. Oradan biroz muddat o'tib esa Parij Olimpiadasida ham ishtirok etish maqsadi borligi haqida malum qildi. 

2023 yili Xanchjouda o'tkazilgan 19-Osiyo o'yinlarida CHusovitina o'zining sevimli yo'nalishi - tayanib sakrash bahslarida qatnashdi va 4-o'rinni oldi.

Toshkentdagi licenzion turnirda Oksananing chiqishini sport ixlosmandlari kutishgandi. Ammo jarohat bunga yo'l qo'ymadi. Afsonaning ertagi 49 yoshda shu tarzda yakunlandi. 


Natijalar

Olimpiya o'yinlari:

Barselona-1992: oltin

Pekin-2008: kumush


Jahon chempionatlari:

Indianapolis-1991: oltin

Indianapolis-1991: oltin

Indianapolis-1991: kumush

Parij-1992: bronza

Birmingem-1993: bronza

Gent-2001: kumush

Debrecen-2002: bronza

Anahaym-2003: oltin

Melburn-2005: kumush

Orxus-2006: bronza

Tokio-2011: kumush



Osiyo o'yinlari:

Xirosima-1994: bronza

Xirosima-1994: bronza

Pusan-2002: oltin

Pusan-2002: kumush

Pusan-2002: kumush

Pusan-2002: oltin

Inchon-2014: kumush

Jakarta-2018: kumush


Evropa chempionati:

Amsterdam-2007: kumush

Klermon-Ferran-2008: oltin

Berlin-2011: kumush

Bryussel-2012: kumush.


Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing