19 okt 16:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Afsonaviy Ruslan "Oq Tayson" CHagaevni tabriklaymiz!
Bugun superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni hisoblangan yurtdoshimiz Ruslan CHagaev tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Afsonaviy charm qo'lqop ustamiz bugun 42 yoshni qarshi oldi.
Ruslan CHagaev 1978 yilning 19 oktyabrida Andijonda tug'ilgan. Faoliyati davomida 38 ta jang o'tkazib, ularning 34 tasida g'alaba qozongan (21 tasi nokaut bilan), bitta jangda durang qayd etilgan. Yana 3 ta jangda esa u imkoniyatni boy berib qo'ygan.
Havaskor boksda Osiyo va ikki karra jahon chempioni. Professional ringda esa 2007 yilda Nikolay Valuevni mag'lubiyatga uchratib, WBA yo'nalishining superog'ir vazn yo'nalishida jahon chempioniga aylangan. 2016 yilning 17 oktyabrida faoliyatini yakunlashga qaror qilgan.
Fursatdan foydalanib, Ruslan CHagaevni bugungi shukurona kuni bilan muborakbod etamiz!
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar