13 okt 17:51
Yangiliklar
Boks/MMA

"Agar Konor noyabrdagi jangida g'alaba qozonsa, unda titul uchun asosiy davogarga aylanadi"
UFC sobiq chempioni Daniel Kormening fikricha, Konor Makgregorga titul jangi uchun bir qadam qolgan.
"Meni fikrimcha, chempionlik jangi uchun eng yaxshi davogar bu Konor Makgregor. Agar u noyabrda g'alaba qozonsa, birinchi raqamli davogarga aylanadi",-dedi Daniel Korme ESPNning Instagram sahifasida.
Eslatib o'tamiz, yaqindagina Konor Makgregor va Dastin Pore o'zaro jangga kelishib olishgandi. Ammo bu jangning muddati va shartlarini UFC hali rasman tasdiqlamadi.
Makgregor oxirgi jangini yanvar oyida Donald Serronega qarshi o'tkazib, nokaut bilan g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : ESPN MMA
Fikrlar