14 okt 08:27
Yangiliklar
Boks/MMA

"Agar u Maxachev uchun qasos olmoqchi bo'lsa, men tayyorman". Oliveyra Xabibga jang haqida gapirdi
Braziliyalik jangchi CHarlz Oliveyra faoliyatini yakunlagan Xabib Nurmagomedov bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi.
Oliveyra avvalroq Islam Maxachevni mag'lub etib, Nurmagomedovni oktagonga qaytarishga umid qilayotganini aytgandi.
"Men bu jangda Islamga qarshi kurashaman. Ammo, agar Xabib keyinroq Maxachev uchun qasos olishni istasa, doim tayyor bo'laman. Rostini aytsam, u yana UFCʼga qaytadi deb o'ylamayman. U professional sportdan ketganini aytdi. Men bu qarorni to'liq hurmat qilaman", - dedi Oliveyra.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar