25 noy 09:34
Yangiliklar
"Agar u meni turtganida, uni o'sha zahoti o'ldirgan bo'lardim" - Carukyan bilan Topuriya videosi haqida
Arman amaldagi chempionning undan shapaloq egani haqidagi video versiyasini rad etdi. SHuning barobarda rossiyalik jangchi ispaniyalik hamkasbining ikkiyuzlamachi xatti-harakatlarini tanqid qildi.
"Iliya yolg'onchi. U kelib meni quchoqladi, endi esa urganini aytyapti. Agar u meni ursa, kularmidim? O'sha erning o'zida o'ldirib qo'yardim. Agar seni urishgan bo'lsa-yu, sen hech narsa qilmagan bo'lsang - sen erkak emas, axlatsan! Sen bu hayotda nolsan... Bu bachchag'ar haqida gapirishni istamayman. U soxta odam. Hayotda o'zingni yaxshi yigitdek tutasan, internetda esa safsata sotishni boshlaysan. Men senga o'xshagan soxta emasman", - dedi Carukyan The Ariel Helwani Show Yutub-kanali uchun jonli efirda.

Fikrlar