28 mar 12:02
Yangiliklar
"Agar u yutqazsa, faoliyatini yakunlaydi" - Sexudo Adesanya haqida
Uning fikricha, nigeriyalik jangchi UFC Fight Night 271 turnirida Jo Payferga yutqazsa, faoliyatini yakunlashi mumkin.
"Bu vaziyatga bog'liq, lekin menimcha, ha. Meningcha, agar kema ketgan bo'lsa — demak ketgan. Masalan, men vaqt o'tishi bilan tushundimki, masala faqat istedodda emas, balki xohishda ham ekan. Hozir men boshqa ishlar bilan shug'ullanishni istayman, menga ko'proq zavq beradigan narsalar bor. Menimcha, Israel ham hozir shu holatda.
U allaqachon didjeylik qilyapti, boshqa ishlar bilan band va kelajak uchun rejalar tuzyapti. Odamlar yangi sohalarni o'rgana boshlasa, bu eski hayot tugayotganini anglatadi. Masalan, men ko'chmas mulk va kontent biznesiga jiddiy kirishdim. SHuning uchun, menimcha, agar Israel bu jangda mag'lub bo'lsa, u faoliyatini tugatadi", — dedi Sexudo “Pound 4 Pound with Kamaru & Henry” shouda.
Fikrlar