11 may 22:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Ahliddin Mirzadavlatovning ikki yillik tanaffusdan keyingi ilk jangi braziliyalik sportchiga qarshi bo'ldi. Jang to'liq davom etdi
Toshkentda o'tkazilayotgan MMA bo'yicha Octagon 72 turniri doirasida yana bir qarama-qarshilik nihoyalandi.
Engil vazn toifasida O'zbekistonning taniqli aralash yakka kurash ustalaridan biri Ahliddin Mirzadavlatov 2023 yildan buyon ilk marta oktagonda ko'rinish berdi.
Unga Braziliya vakili, 38 yoshli Luchano Palyano raqiblik qildi. Bellashuv to'liq 3 raund davom etdi. Yakunda hakamlarning yakdil qarori evaziga Ahliddin g'alaba qozondi.
Endi 34 yashar Ahliddinning hisobida 12 ta g'alaba, 2 ta mag'lubiyat va 1 ta durang mavjud. Palyano (18-5) esa bugun Octagon League'dagi ilk bellashuvida karerasidagi beshinchi mag'lubiyatini qabul qildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar