11 iyu 11:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Ahmadaliev - Inoue kardida yana ikkita chempionlik jangi o'tkaziladi
14 sentyabr kuni Yaponiyaning Nagoya shahrida yirik prof boks oqshomi tashkil etiladi.
Markaziy jang ikkinchi eng engil vaznning yaponiyalik mutlaq chempioni Naoya Inoue hamda o'zbekistonlik WBA Interim kamari sohibi Murodjon Ahmadaliev o'rtasida kechadi.
Tashkilotchilarning xabar berishicha, karddan yana ikkita titul bahsi o'rin olgan.
Eng engil vaznda WBO chempioni, yaponiyalik Yoshiki Takei Meksika vakili bo'lgan davogar bokschi Kristian Medina bilan bahs olib borsa, boshqa bir yapon charm qo'lqop ustasi Yuni Takada vakant bo'lib turgan WBA Regular kamari uchun hamyurti Ryusei Macumoto bilan bahs olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar