31 dek 17:04
Yangiliklar
AIPS tomonidan yilning eng yaxshi sportchilari elon qilindi
Ovoz berishda dunyoning 121 davlatidan 836 nafar jurnalist ishtirok etdi.
Erkaklar o'rtasida langarcho'p bilan sakrash bo'yicha ikki karra Olimpiada chempioni, shveciyalik Arman Dyuplantis g'alaba qozondi. Tokio (Yaponiya) shahrida bo'lib o'tgan JCH-2025 musobaqasida u faoliyatida 14-marta jahon rekordini yangiladi. Dyuplantis 1182 ochko to'pladi.

So'rovnomada ikkinchi o'rinni tennis bo'yicha dunyoning birinchi raketkasi, ispaniyalik Karlos Alkaras (784 ochko) egalladi. Kuchli uchlikni "Oltin to'p-2025" sohibi franciyalik Usmon Dembele (713) yakunlab berdi.
Ayollar o'rtasidagi ovoz berish jarayonida Ispaniya terma jamoasi va "Barselona" klubi futbolchisi, "Oltin to'p" sohibasi ispaniyalik Aytana Bonmati 824 ochko bilan g'alaba qozondi. Keniyalik Beatrisa CHebet (453) ikkinchi bo'ldi, kuchli uchlikni dunyoning birinchi raqamli tennischisi belaruslik Arina Sobolenko (446) to'ldirdi.

Fikrlar