05 avg 08:00
Yangiliklar

Ajoyib! Bokschilarimiz Osiyo chempionatining ketma-ket uchinchi kunini mag'lubiyatsiz yakunlashdi, principial janglarning har ikkisida vakillarimiz g'olib!
Musobaqaning to'rtinchi kuni doirasida O'zbekiston terma jamoasining jami 10 nafar azosi ringga chiqib, yakunda ularning barchasi o'z janglarida g'alaba qozonishdi.
Etiborlisi, kechagi bellashuvlar davomida ikki nafar hamyurtimiz — SHavkatjon Boltaev va Halimjon Mamasoliev qozog'istonlik raqiblariga qarshi bahs olib borib, zafar quchishdi.
Yodingizda bo'lsa, Boltaevning raqibi Konsbekov avvalroq, O'zbekiston terma jamoasini tark etib, qo'shni Qozog'istonga borgandi.
Kechagi natijalarimiz:
-60 kg: Odinaxon Ismoilova - Jui-Sin Lin (Xitoy Taypeyi) 5:0
-50 kg: Behruz Xoldorov - Yojun Kvak (Janubiy Koreya) 5:0
-55 kg: Samandar Olimov - Nima Bayati (Eron) 5:0
-60 kg: SHoxrux Abdumalikov - Mohammadamin Karimi (Eron) 5:0
-65 kg: Sayat Ilyasov - Yusaka Matsuhisa (Yaponiya) 5:0
-70 kg: Muhammadazizbek Ismoilov - Ayan Kanga (Singapur) (2-raundda TKO)
-75 kg: SHavkatjon Boltaev - Aman Konsbekov (Qozog'iston) 4:1
-80 kg: Rahmatullo Boymatov - Eissa Al Kurdi (Birlashgan Arab Amirliklari) (2-raundda TKO)
-85 kg: Abdulaziz Abdurahmonov - Azim CHoibekov (Qirg'iziston) 5:0
+90 kg: Halimjon Mamasoliev - Nurassil Assilxan (Qozog'iston) (2-raundda TKO).
Fikrlar