06 iyu 07:41
Yangiliklar
Ajoyib! Nursulton Ro'ziboev UFC'dagi birinchi jangidan umumiy miqdorda qancha pul ishlab olgani malum bo'ldi
UFC'dagi debyut jangida braziliyalik Bruno Ferreyrani ilk raundda nokautga uchratgan hamyurtimiz birinchi jangi uchun 16 000 $ ishlab olgani malum bo'ldi. Bundan tashqari, Nursulton "eng yaxshi ishtirok" uchun 50 000 $ miqdorida bonusga ham ega bo'ldi. SHunday qilib, Nursulton Ro'ziboev UFC'dagi birinchi jangi uchun umumiy hisobda 66 000 $ ishlab oldi. Ro'ziboevning raqibi Bruno Ferreyra esa bu jang uchun 16 000 $ bilan cheklandi.
Malum bo'lishicha, UFC Nursultonga jang uchun 12 000 $, reklama uchun esa 4 000 $ to'lagan.
Qayd etish joiz, liga jangchilarga o'z formalarida Reebok kompaniyasini reklama qilishlari uchun pul to'laydi. Bunda jangchilarning maqomi, yani UFC'da nechta jang o'tkazgani va nomdorligi rol o'ynaydi.
Fikrlar