13 okt 11:10
Yangiliklar
Aktau Asian Open. Birinchi kun 4 nafar dzyudochimiz shohsupaga ko'tarildi + FOTO
"Halyk Arena" mezbonlik qilayotgan ushbu Osiyo Ochiq kubogi Xalqaro dzyudo federaciyasi taqvimidan o'rin olgan bo'lib, unda Ozarbayjon, Gonkong, Hindiston, Eron, Qirg'iz Respublikasi, Mo'g'uliston, Tojikiston, O'zbekiston va Qozog'istondan jami 200 nafarga yaqin sportchi medallar uchun bahslarga kirishgan.
Kechagi bahslarda 7 dzyudochimiz yurtimiz sharafini himoya qilgan bo'lsa, yakunda ulardan 4 nafari shohsupaga ko'tarildi. Musobaqa chempionlari o'z hisoblariga 100 reyting ochkosini qo'shib qo'yishdi. Kumush medal egalari 70, bronza medal sohiblari esa 50 ochkoni qo'lga kiritishdi.
Hamyurtlarimizdan Fotimaxon Tursunalieva (-48 kg) va Sevinch Isoqova (-63 kg) kumush, Ulbusin Hakimova (-48 kg) hamda Muhammadyahyo Muhammadjonov (-73 kg) bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Fikrlar