15 mar 07:23
Yangiliklar
Aktau turnirida 8 ta medal qo'lga kiritildi
Asian Open Aktau turnirida ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi jami 8 ta medalga ega chiqdi.
Xabar berganimizdek, hamyurtlarimizdan musobaqaning birinchi kuni Murodjon Yo'ldoshev (-73 kg) oltin medalni qo'lga kiritdi. Finalga qadar etib kelgan G'iyosjon Boboev (-81 kg) kumush medalga sazovor bo'ldi. Qolgan olti nafar dzyudochimiz esa Aktaudan bronza medali bilan qaytadi.
Aktauda shoxsupaga ko'tarilgan dzyudochilarimiz:
Oltin medal
-73 kg: Murodjon Yo'ldoshev
Kumush medal
-81 kg: G'iyosjon Boboev
Bronza medal
-48 kg: Gulnur Muratbaeva
-57 kg: SHukurjon Aminova
-57 kg: Muxlisa Ganjaeva
-70 kg: Farangiz Xolmurodova
+78 kg: Rinata Ilmatova
-81 kg: Arslonbek Tojiev
SHu tariqa, terma jamoamiz Aktau turnirida 1 ta oltin, 1 ta kumush, 6 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida Rossiya va Qozog'istondan so'ng uchinchi o'rinni egalladi.
Fikrlar