19 iyu 10:28
Yangiliklar
Karate
Alamjon Mullaev Osiyo karate federaciyasi birinchi vice-prezidenti!
Ayni daqiqalarda poytaxtimizdagi International mehmonxonasida Osiyo karate federaciyasining yangi Ijroqo'm yig'ilishi bo'lib o'tmoqda.
Quvonarlisi, hozirgina hamyurtimiz O'zbekiston karate Milliy federaciyasi raisi Allamjon Mullaev Kongressning yangi Ijroqo'm yig'ilishida Osiyo karate federaciyasining birinchi vice-prezidenti etib saylandi.
Osiyo karate federaciyasining yangi prezidenti General Nosir Abdulrazzoq Mullaevni ushbu lavozimga tavsiya qildi. Ijroqo'm azolari esa bir ovozdan Alam Mullaev nomzodini qo'llab-quvvatlashdi.
O'zbekiston karate Milliy federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar