So’nggi yangiliklar

11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0 10:38Нурмагомедов Абу-Дабидаги RAF турнирига киритилмайди 0 10:07Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Диёра Келдиёрова медаллар учун курашга киришади 0 09:36UFC 334 тўлиқ карди тасдиқланди: Сирил Ган – Жош Хокит, Кайла Харрисон – Аманда Нуньес 0 09:05Total Chess. Абдусатторов Дудага қарши ўйинлардан кейин кўтарилди 0 08:34Нурмагомедов ва Двалишвили Абу-Дабида назорат остида қолмоқда 0 08:03Фабио Каннаваро: "Ҳисоб 2:0 пайти "моторни ўчириб қўйдик". Футбол баъзида бешафқат эканини тушунишимиз керак" (Тўлиқ матбуот анжумани) 0 07:32Дана Уайт Двалишвили ва Нурмагомедовни қоралади: "Аҳмоқлар!" 0 07:01Алимханули Канело билан эҳтимолий жангга муносабат билдирди 0 21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0

05 okt 13:03
Yangiliklar

Boks/MMA

Albatta o'qing! Nurmagomedov vs Makgregor. Kimning imkoniyati yuqori? (so'rovnomaning davomi)

Teglar :  UFCKonorXabib
Kurrai zaminimizda sportga befarq bo'lmagan inson borki, barchasi 6 oktyabr (bizning vaqt bilan 7 oktyabr tongiga to'g'ri keladi) kuni AQSHning Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadigan UFC doirasidagi Xabib Nurmagommedov va Konor Makgregor o'rtasidagi “Asr jangi”ni orziqib kutyapti.

Darhaqiqat, bu jangning g'olibini avvaldan bashorat qilish juda ham qiyin yoxud kim kuchli ekanligi borasida fikr bildirish! Biz yurtimizdagi ko'zga ko'ringan sport jurnalistlari, sportchi va murabbiylar, sanat ahli vakillarining fikr va mulohazalarini etiboringizga havola etishni davom ettiramiz. 


Sardor Toshxo'jaev – Milliy Olimpiya Qo'mitasi SHarq yakkakurashi va jang sanati departementi mutasaddisi

- Avvalo, kim g'alaba qozonadi, bu Yaratganning o'ziga ayon. SHaxsan men Xabib Nurmagomedovning g'alabasini taxmin qilyapman. Sababi, Xabib hali yosh, mag'lubiyatga uchramagan. Qolaversa, uning muvaffaqiyatlari oldinda. Konor Makregor esa, mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. Faoliyatida nokautga uchragan holatlari ham bo'lgan. To'g'ri, bu faktlar nisbiy tushuncha xolos. Biroq, ushbu omillar ham qaysidair manoda Xabibning ustunlik tomonlaridan biri, deb o'ylayman. Yana bir holatni alohida takidlab o'tish lozimki, irlandiyalik sportchi ko'proq “shou” lar bilan ovora bo'ldi. Bunday darajadagi sportchi jismoniy holatini ushlab turish uchun ko'proq o'z ishi bilan mashg'ul bo'lishi kerak, nazarimda.   

Qudratillo Abduqahhorov - WBC silver kamari sohibi

- Bu jangni juda uzoq kutdik. Albatta, Xabib Nurmagomedovga muxlislik qilaman. Uning g'alaba qozonishiga ishonaman. Olg'a, Xabib!

G'ayrat Usmonov - xonanda

- Imkoniyatlar 50/50! Bu sport turini kuzatib boraman va har ikkisining jang olib borish uslublari yoqadi. Albatta, Xabib Nurmagomedovga ishqibozlik qilaman. Lekin Konor Makgregorda tajriba yuqoriroq, deb o'ylayman. Konorga tajriba asqotishi mumkin.

Azizbek Abug'ofurov - WBC silver kamari sohibi

- To'g'risi, boks bo'lganida ishonch bilan kim yutishini aytishim mumkin edi. SHunday bo'lsada, Xabibni qo'llab-quvvatlayman va uning g'alaba qozonishini xohlardim.

Ahmadjon ESHMATOV yozib oldi, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing