So’nggi yangiliklar

11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0 10:38Нурмагомедов Абу-Дабидаги RAF турнирига киритилмайди 0 10:07Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Диёра Келдиёрова медаллар учун курашга киришади 0 09:36UFC 334 тўлиқ карди тасдиқланди: Сирил Ган – Жош Хокит, Кайла Харрисон – Аманда Нуньес 0 09:05Total Chess. Абдусатторов Дудага қарши ўйинлардан кейин кўтарилди 0 08:34Нурмагомедов ва Двалишвили Абу-Дабида назорат остида қолмоқда 0 08:03Фабио Каннаваро: "Ҳисоб 2:0 пайти "моторни ўчириб қўйдик". Футбол баъзида бешафқат эканини тушунишимиз керак" (Тўлиқ матбуот анжумани) 0 07:32Дана Уайт Двалишвили ва Нурмагомедовни қоралади: "Аҳмоқлар!" 0 07:01Алимханули Канело билан эҳтимолий жангга муносабат билдирди 0 21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0

04 okt 11:39
Yangiliklar

Boks/MMA

Albatta o'qing! Nurmagomedov vs Makregor. Kimning imkoniyati yuqori? (so'rov)

Teglar :  KonorXabibUFC
Kurrai zaminimizda sportga befarq bo'lmagan inson borki, barchasi 6 oktyabr (bizning vaqt bilan 7 oktyabr tongiga to'g'ri keladi) kuni AQSHning Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadigan UFC doirasidagi Xabib Nurmagommedov va Konor Makgregor o'rtasidagi “Asr jangi”ni orziqib kutyapti.

Bu borada butunjahon ommaviy axborot vositalarida juda ko'plab maqolalar, shov-shuvli xabarlar chop etilmoqda. Barchasida bitta savol: ushbu jangda kim g'olib bo'ladi, hozirgi kunda kim kuchliroq? 

Darhaqqiqat, bu jangning g'olibini avvaldan bashorat qilish juda ham qiyin yoxud kim kuchli ekanligi borasida fikr bildirish! Biz yurtimizdagi ko'zga ko'ringan sport jurnalistlari, sportchi va murabbiylar, sanat ahli vakillarining fikr va mulohazalarini etiboringizga havola qilishni boshlaymiz. 


Abdulloh Sagdiev – O'zbekiston professional boks Federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari, sobiq sportchi

- Bu jang borasida juda ko'p gapirsa arziydi. Sababi, har ikkisining o'ziga xos jang olib borish uslubi bor. Qolaversa, muxlislar yoqimtoyiga ham aylanib ulgurishgan. Bir so'z bilan aytganda, bir-biriga xos va mos raqiblar. Konor chapaqay, oyoq va qo'lda ishlash texnikasi yuqori, bu uning plyus tomonlari bo'lsa, “parter”da ishlash borasida esa mukammal emas. 

Xabibning ustunligi aynan “parter”da, bu esa dog'istonlik jangchining ijobiy jihati hisoblanadi. Konorning yana bir ustunligi borki, Xabib Nurmagommedov kabi jang olib boruvchi raqiblar bilan uchrashishga ulgurgan. Misol uchun, Joze Aldoni aynan qo'l zarbasi evaziga nokautga uchratgan edi. Bularga yana Eddi Alvaresni qo'shish mumkin. Lekin bu sport, biz qanday fikr bildirmaylik, bashorat qilmaylik, barchasi oktagonda ikki jangchi o'rtasida hal bo'ladi. SHunday bo'lsada,  jang birinchi raunddan o'tsa, Xabib Nurmagomedov g'alaba qozonadi, deb o'ylayman. 

Rahmatjon Ro'zioxunov - boks bo'yicha terma jamoa murabbiyi


- Har ikkisining imkoniyatini 50/50 baholagan bo'lardim. O'z vaznining etakchilari. Qolaversa, juda katta tajribaga ega hisoblanadilar. G'olib borasida esa, o'sha kunga kim yaxshi, mukammal tayyorgarlik bilan etib kelsa, o'sha g'alaba qozonadi. Bu erda nafaqat sportchilar balki, murabbiylar jangi ham ketadi. Jismoniy va ruhiy tayyorgarlik eng muhim omillardan sanaladi. Taktik uslublar ham rol o'ynaydi. 

Yodingizda bo'lsa, Floyd Meyvezer bilan o'tkazgan boks borasidagi jangida amerikalik bokschining murabbiylari oqilona taktika qo'llab, Floydning ortiqcha qiyinchiliksiz g'alabasini taminlashgan edi. Yani, uni dastlabki raundlardanoq yutishga harakat qilmadi. SHunchaki, uning qay darajada jang olib borishini, o'zining erkin harakatlari bilan kuzatdi va mavridi keldi, bir-ikki zarbasi bilan masalani hal qilgan edi. Yuqorida aytib o'tganimdek, bu jangga qaysi sportchi va uning jamoasi etuk holatda etib kelsa, g'alaba o'shaniki bo'ladi.

Ahmadjon ESHMATOV yozib oldi, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing