22 sen 16:05
Yangiliklar

Albatta o'qing! Xabib va Konorning dahanaki matbuot anjumani (to'liq versiya)
CHindan ham matbuot anjumani yaxshigina shov-shuvga sabab bo'ldi.
Raqib haqida (Xabibning fikrlari):
“Men bu jangga xuddi so'nggi jangimga chiqqandek taassurot bilan yondashyapman. O'ylaymanki, Konor 6 oktyabr oqshomini uzoq eslab yuradi. O'sha tun u uchun uzoq davom etadi”.
Konorning tug'ilgan kuniga ichish uchun taklif qilgan viskisiga munosabat:
“Men ichkilik ichmayman. Hech qachon bu harom narsani ichmaganman”
Xotirjamligi haqida:
“Men xotirjamlikni saqlashda davom etaman. Jang sanasi va manzilini bilaman. Oltinchi oktyabr!”.
Konor bilan yuzaga kelgan nizo haqida:
Xabib: Konor, sen 2014 yili Tvitter tarmog'idagi yozishmalarimizni eslaysanmi?
Konor: Jin ursin sening yozganlaringni.
Xabib: Nima uchun o'shanda hamma savollarga javob bermaganding?
Konor: Men hozir shu erdaman! SHuning o'zi senga etmaydimi?
Xabib: O'tir joyingga! Biz sen bilan 6 oktyabr kuni oktagonda gaplashib olamiz
Konor: Ha, ha, men ham ushbu sanani orziqib kutyapman. Lekin har doimgidek, ha, takror aytaman, har doimgidek jangda turli bahonalar bilan ishtirok eta olmasligingdan qo'rqyapman. Yaratgandan o'zingga to'zim so'ra.
Xabib: Kim jangda ishtirok etmaydi? Joyingdan qimirlamay o'tir, turib ketavermasdan. Odamga o'xshab gaplash.
Konor: Men gapirishni istamayman, men jang qilishni xohlayman.
Xabib: Esingdami, avtobusga axmoqlarcha hujum qilganingda, do'stingni do'pposlagandim. Nima uchun, o'shanda bunga javob bermading? Nega SMS yubormading? Sen qo'rqoqsan!
Konor: Agar o'shanda avtobusdan tashqariga chiqqaningda, murdaga aylangan bo'larding. Sen avtobusning ichidayoq kiyimingni “ho'l” qilib bo'lganding.
Xabib: Nima uchun o'sha kuni o'zing bilan 40 kishini boshlab kelding? CHunki, bir o'zing kelishga qo'rqqansan. Vaholanki, sen bir o'zim bo'lishimni bilgansan. Nimaga shuncha qo'riqching bilan kelding? Xo'p, nima o'zgardi? Hech narsa! Biz 6 oktyabr kuni holingga maymunlar yig'lashini kuzatamiz.
Konor: Ovozingni o'chir!
Motivaciya haqida:
Xabib: Men seni yana qayta boksga jo'nataman. CHunki, sen yakkakurash turlarini yaxshigina o'zlashtirgan elit toifasidagi sportchilar bilan jang qilishga qodir emassan. Sen shu kungacha “mayda jangchilar”ni yutib kelgansan. Sening yakkakurashdan biliming nol!
Konor: Kel, shubhang bo'lsa kurashib ko'ramiz, bolakay!
Xabib: Bunga oz qoldi.
Konor: Ha, ha, albatta. Juda oz qoldi. Nimaga qodir ekanligingni bir ko'ray.
Xabib: 6 oktyabr kungi jangdan so'ng sen boksga qaytasan.
Konor: Meni to'g'ri tushuninglar, boksdan men yaxshigina pul ishlab oldim...
Xabib: Tushunaman, sen pul uchun kelgansan. Mening esa maqsadim boshqa.
Konor: Menda etarlicha pul borman. Aslida bu yog'iga ishlamasam ham bo'ladi. Nima uchun sen Magomedovdan pul olasan? Uni Putin “yopib” qo'ygandiku!
Xabib: Albatta. Yo'q, men gapiraman...
Konor: Nimadir ayt. Nimaga Putin Magomedovni xibsga oldi?
Xabib: Nima haqida gapiryapsan?
Konor: Putindan homiyingni ozod qilishini so'ramaysanmi?
Xabib: Men sening ingliz tilingni tushunmayapman.
Konor: Albatta, sen ingliz tilini tushunmaysan. Sen - yolg'onchi kalamushsan! Men - rostgo'yman! Pul uchun jang qilmasligingni aytding. Kim ishonadi bu gapingga.
Xabib: Men rostan ham sening so'zlaringni tushunmayapman.
Konor:... Sen o'zingni Don deb o'ylaysanmi, u hozir panjara ortida o'tiribdi. O'zingga bir qara. Xa-xa-xa. Puling qolmabdi-ku!
Xabib: Sen klounning o'zisan! Boshqa tarif bera olmayman.
Floyd Meyvezerning ogohlantirishi haqida:
Xabib: Men MMAdagi Floyd Meyvezerman.
Konor: Ovozingni o'chir! Sening oxirgi janging sharmandadan boshqa narsa emasdi.
Xabib: Men UFCdagi etakchi chempionman. Bu 9 oy ichida o'tkazgan uchinchi jangim bo'ladi. Mag'lubiyatsiz 26ta g'alabali seriya. Umuman mag'lubiyatga uchramaganman. Xatto bitta raundni ham boy bermaganman. Tushunmayman, o'zi nima haqida gapiryapsan. Viski 6 oktyabr kuni senga yordam beradi, deb o'ylayapsanmi?
Parterdagi rejalar haqida:
Xabib: Men uni charchashga majbur qilaman. Bu vaziyatda esa taslim bo'lishda o'zga chora topa olmaydi. U boksga ketdi. Oqibati nima bo'ldi? SHarmandalarcha yutqazdi. Uning mag'lubiyatlari soni uchtani tashkil qilmoqda.
Fikrlar