So’nggi yangiliklar

18:51Левон Аронян: “Жавоҳир Синдаровга хоҳлаганини қилишига йўл қўйиб беришяпти” 0 18:30Осиё мамлакати ҳукуматнинг аралашуви туфайли ФИФАдан четлатилиши мумкин 0 18:09Нурмагомедов Царукянга: "Биз бу ерда узоқ қоламиз" 0 17:48Биринчи ракеткани мағлуб этган Кудерметова 1/2 финалда 0 17:27Арман Царукян бир ойлик ҳаражатларини очиқлади 0 17:06"Арсенал" Артета бўйича якуний қарор қабул қилди 0 16:45Конор Бен ва Режис Прогрейс тарозига чиқди 0 16:24Валентина Шевченко Жейк Полга кескин жавоб қайтарди 0 16:03Нурмагомедов чемпионлик камарини ҳимоя қилади. Рақиб маълум! 0 15:42"Реал" "Бавария" футболчиси учун 165 млн евро тўлашга тайёр 0 15:20Дзюдочиларимиз Қозоғистондаги мусобақада 24 та медаль билан умумжамоа ҳисобида биринчи бўлишди! 0 14:59Асламжон Ортиқовнинг жанги бекор қилинди 0 14:35Бокс. Осиё чемпионатида якуний рейтинг қандай бўлди? 0 14:05Рюдигер "Реал"нинг Чемпионлар Лигасидаги мағлубиятининг асосий сабабини айтди 0 13:39"Мен буни амалга ошираман". Фьюри телевидение тарихидаги энг катта шоуни ваъда қилди 0

06 okt 11:09
Yangiliklar

Boks/MMA

Albatta o'qing! Xabib vs Konor. Kimning imkoniyati yuqori? (so'rovnoma-4)

Teglar :  KonorXabibUFC
Bizning vaqt bilan ertaga, 7 oktyabr kuni tongda AQSHning Las-Vegas shahrida aralash qoidalar bo'yicha UFC 229 turniri bo'lib o'tadi.

Oqshomning markaziy bahsi “Asr jangi” nomini olgan bo'lib, unda UFC chempioni Xabib Nurmagomedov ikki vaznda sobiq jahon chempioni Konor Makgregorga qarshi oktagonga ko'tariladi. 

O'z o'rnida biz yurtimizdagi ko'zga ko'ringan sport jurnalistlari, sportchi va murabbiylar, sanat ahli vakillarining fikr va mulohazalarini etiboringizga havola etishni davom ettiramiz. 

Feruzbek Yo'ldoshev – bokschi

- Fikrimcha, Xabib Nurmagomedov g'alaba qozonadi. Uning imkoniyatini yuqoriroq baholagan bo'lardim.

Quvonchbek Tayganboev – sobiq bokschi

- Konor juda jiddiy raqib, lekin Xabibning g'alaba qozonishini istayman. Ertangi jangda Nurmagomedovga muxlislik qilaman.

Rashid Jalolov - bodibilding bo'yicha murabbiy

- Men uchun har ikkisi ham ajoyib sportchilar. Lekin Xabib Nurmagomedov qardosh xalq vakili sanaladi. Qolaversa, biz kabi islom diniga etiqod qiladi. SHu omillar Xabibga bo'lgan muxlisligimning asosiy sabablaridir. Kim g'alaba qozonadi, ochig'i bilmayman. Lekin g'olib Xabib Nurmagomedov bo'lishini istardim.

Ziyoyiddin Tayganboev – Hasanboy Do'smatovning murabbiyi

- Endi bu – sport! Har ikkisi ham g'alaba qozonishi mumkin. Lekin Konorning Floyd Meyvezer bilan jangini kuzatib, uning chidamliligi yuqori darajada ekanligiga amin bo'lgandim. Qolaversa, oyoq-qo'lining tezkorligi ham muxim rol o'ynaydi. Xulosa qilib aytadigan bo'lsam, Makgregor chidamliligi bilan bu jangni yutsa kerak.

Saidolimxon Turdiboev – jurnalist

- Hamma qatori men ham 7 oktyabr tongini orziqib kutyapman. “Asr jangi” deya etirof etilmoqda. Darxaqiqat, mening nazdimda ham shunday. CHunki, bu jang juda uzoq kutildi. Ikki etakchi, ajoyib jangchilar. Xabaringiz bor, Floyd Meyvezer bilan jangidan so'ng, Konor Toni Fergyusson bilan jang o'tkazishni xohlamadi va UFC undan chempionlik maqomini olib qo'ydi. Demoqchimanki, Konor alamzada kayfiyatda va u chempionlikka loyiq ekanligini isbotlashga urinadi. Tezkorlik borasida ham irlandiyalik jangchi Xabibdan ustunroq. Xabib ham bu janga jiddiy xozirlik ko'rgani sir emas. Bu sportchi o'zining malum bir manziliga ega, go'yoki qo'lida xaritasi bordek. O'z yo'lida qoqilmay maqsadi sari olg'a bormoqda. Birin- ketin raqiblarini mag'lub etib, shu darajaga chiqdi va amaldagi chempion! Amaldagi chempion va sobiq chempion o'rtasida ajoyib baxs bo'ladi. Taxminim, jang ikki raund davom etadi. Birinchi raundda bir-birini o'rganib, yakuniy nuqtani ikkinchi raundda qo'yishadi. SHaxsan menga Xabib Nurmagomedov ishonchliroq ko'rinmoqda. 

Azamat Nuftillaev – MMA jangchisi

- Har ikkisi UFC tarixidagi eng kuchli sportchilar desam yanglishmagan bo'laman. Konor ikkita vazn toifasida chempionlikni qo'lga kiritgan. Xabibda ham ushbu kamar bor. Konor uchun imkoniyat faqat birinchi raund. Agar ilk raundda yuta olmasa, qolgan raundlarda Xabib “parter”ga kirib, og'riqli usullarni qo'llab, Konorga xech qanday imkoniyat qoldirmaydi. Jangda Xabib yutadi deb o'ylayman.

Husniddin Po'latov – WBA Asia kamari sohibi

- Konor Makregorda imkoniyat yuqoriroq. U ruhiy tomonlama, tezkorlik borasida ham Xabibdan ustun. Qo'l va oyoqdagi ustunligi ham Konorning ushbu jangda g'alaba qozonishi uchun asosiy sabablardan biri bo'ladi.

Ahmadjon ESHMATOV yozib oldi, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing