So’nggi yangiliklar

13:07Фарғонада ITF World Tennis Tour Juniors J100 халқаро турнири якунланди 0 12:46Асадбек Қохоровнинг кейинги жанг санаси, рақиби ва манзили эълон қилинди 0 12:25"Реал" диктатор туфайли янги футболчисининг исмидан воз кечди 0 12:04Леон Эдвардс кейинги жангини ноябрь ойида ўтказиши мумкин 0 11:43Тахмина Икромова Жаҳон чемпионатида тўртинчи бўлди 0 11:22Муроджон Аҳмадалиев Японияга етиб борди (ФОТО) 0 11:01"Тоттенхэм" "Ман Сити" футболчисини қўлга киритиш учун нархни кўтарди 0 10:40Мадримов учун имкон: Кроуфорд чемпионлик камарини вакант қолдиради 0 10:19Фомин Хитойдаги Челленжер турнирида ўз омадини синаб кўради 0 09:58Махачев Топурия — Царукян жанги ташкил этилиши кераклигини айтди 0 09:37Ўзбекистон кубоги. Бугун илк ярим финалчи аниқланади 0 09:16Пара каноэчиларимиз Жаҳон чемпионатини иккита медал билан якунлашди 0 08:55"Ҳаммаси шундан" — Махачев АҚШ MMAси инқирози нима билан боғлиқлигини тушунтирди 0 08:34Нодирбек Якуббоев 61th Rubinstein Memorial чемпиони! 0 08:13"Реал" меҳмонда "Овьедо"ни йирик ҳисобда таслим этди 0

07 okt 08:33
Yangiliklar

Boks/MMA

Aldo boshqa MMAʼga qaytmasligini aytdi

Teglar :  Joze Aldo
Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni 36 yoshli braziliyalik Joze Aldo (31-8) MMAʼga qaytishni istamasligini aytdi.

"Endi men yaxshiroq yo'l izlayapman. Albatta, aralash jang sanatiga qaytmayman. Promoushenga taklif qilganingiz uchun rahmat. Lekin, UFC bilan shartnomam bor. Keling, keyin nima bo'lishini ko'ramiz. Yana bir variant bor — boks. Bu eski orzu. Bir necha yil jang qildim, endi mening o'g'lim bor va u bilan birga bo'lishni xohlayman. SHundan keyin nima qilishni o'ylab ko'ramiz", - dedi Aldo.

Braziliyalik jangchi 2011 yil engil vaznda, UFC 129 turnirida debyut qilgan. Keyinchalik u bu vaznda chempionlik kamarini qo'lga qiritdi va uch yil davomida qatorasiga etti marta chempionlikni himoya qildi.

2015 yil dekabr oyida Aldo irlandiyalik Konor Makgregorga nokaut evaziga yutqazan. Ammo, keyin amerikalik Frenk Edgarni mag'lub etib yana chempion bo'lgandi. Amerikalik Maks Xollueydan ikki marotaba va avstraliyalik Aleks Volkanovskiga bir marta mag'lub bo'lgan. Keyin braziliyalik sportchi o'z karerasining so'nggi yillarida engil vazn toifasiga ko'tarildi.

Aldo UFCʼda 20 marta jang o'tkazgan. SHu yilning avgust oyida bo'lib o'tgan UFC 278 turniridagi so'nggi jangida Jose gruziyalik Merab Dvalishviliga ochkolar hisobida mag'lub bo'lgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing