30 noy 14:36
Yangiliklar
Boks/MMA
Aleks Pereyra Adesanyaga qarshi jangda mag'lub bo'lishiga oz qolganini esladi
O'rta vazn toifasida UFC chempioni Aleks Pereyra, agar Israel Adesanyada biroz ko'proq vaqt bo'lganida birinchi raunddayoq mag'lub bo'lishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Men uchun bu oddiy jang edi. Bir nechta zarbalarni o'tkazib yubordim, Adesanya faqat bir marta aniq zarba berdi deb o'ylab burchakka qaytdim. Lekin, bu 30 soniya ichida tugashi mumkin edi. Balki, Adesanya jangni tugatishi mumkin edi. Men juda tez tiklanaman. Raund tugagach, qaerga borishni bilmay qoldim. Ammo, burchakka borib stulga o'tirganimda menda hammasi joyida edi", - dedi Pereyra.
Eslatib o'tamiz, 12 noyabr kuni Pereyra UFC 281 turnirining chempionlik jangida Adesanyani texnik nokaut bilan mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : fightnews_info
Fikrlar