14 sen 09:08
Yangiliklar
Aleks Pereyra Adesanyaga tanaffus qilishni maslahat berdi
"Men Adesanyaning zudlik bilan revansh jangini o'tkazishiga qo'shilmayman. U menga yutqazganida yana jang qilishga darhol rozi bo'ldim va o'sha jangda mag'lub bo'ldim. Lekin birinchi jangning oxirgi raundida uni nokautga uchratishga muvaffaq bo'lgandim. Bu butunlay boshqa vaziyat edi. Israel o'shanda revanshga loyiq edi.
Ammo endi SHon barcha kutganlardan oshib ketdi. Ishonmaganlarning ko'pchiligi endi unga ishonadi. Menimcha, Striklend davom etishi va unga qarshi boshqa jangchilar bilan kurashishi kerak. Adesanya tanaffus qilishi lozim, chunki u bir yilda to'rtta jang qilganga o'xshaydi.
O'ylaymanki, u tetik va keyingi jangga tayyor bo'lib qaytishi, Striklendni mag'lub etishga urinib ko'rishi uchun tanasi dam olishi kerak. Lekin SHon ko'rsatgan uslubni hisobga olsak, Adesanyaga kamarni qaytarib olishi qiyin bo'ladi deb o'ylayman", - dedi Pereyra.
Fikrlar