27 jan 12:02
Yangiliklar
Boks/MMA
Aleks Pereyra Jamal Xillni jangga chorladi
Aleks Pereyra navbatdagi jangini Jamal Xillga qarshi o'tkazishi mumkin.
O'rta vazn toifasida braziliyalik UFC chempioni Aleks Pereyra (7-1) yarimog'ir vazn toifasida chempionlikni qo'lga kiritgan amerikalik Jamal Xillni (12-1) jangga chorladi. Avvalroq, Xill Pereyra yarimog'ir vazn toifasiga o'tgan taqdirda, uni nokaut qilishga vada bergan edi.
"Proxazka jarohatda ekanini eshitdim. Meni nokaut qilishga urinib ko'rmaysanmi?", - deya Xillga murojaat qilgan Pereyra.
Ikkala jangchi ham so'nggi janglaridagi g'alabalari orqali UFC chempionligini qo'lga kiritishgan va hali chempionlik kamarlarini himoya qilishganicha yo'q.
Havola :
Manba : MMA News
Fikrlar