31 avg 18:32
Yangiliklar
Boks/MMA
Aleks Pereyra navbatdagi jang tafsilotlarini oshkor qildi: "Allaqachon qaror qabul qilingan"
O'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni braziliyalik Aleks Pereyra navbatdagi jangi haqida malumot berdi.
Aleksning so'zlariga ko'ra, keyingi jangida u yarimog'ir vazn toifasi kamari uchun jang qilishi va bu masala UFC rahbariyati bilan allaqachon hal bo'lganini takidlamoqda.
"Men albatta kamar uchun jang qilaman. UFC bilan bu masalada allaqachon kelishuvga erishilgan. Bu mening navbatdagi jangim, bori shu", - dedi Pereyra.
Eslatib o'tamiz, yarimog'ir vazndagi UFC kamari hozircha vakant bo'lib turibdi. Hamyurtimiz Bogdan Guskov ham aynan shu vazn toifasida o'z janglarini o'tkaza boshlaydi. U 2 sentyabr kuni UFC`dagi debyut jangida Volkan Ozdemirga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Havola :
Manba : fightnews_info
Fikrlar