16 dek 16:20
Yangiliklar
Boks/MMA
Aleks Pereyra Oq uydagi UFC turnirida qatnashish niyati yo'qligiga shama qildi
UFC’ning yarim og'ir vazn toifasidagi chempioni Aleks Pereyra katta ehtimol Oq uyda o'tkazilishi rejalashtirilayotgan yirik UFC turnirida jang qilmaydi.
U bunga ishora qiluvchi postni X (Twitter) sahifasida joylashtirdi.
"Ko'rinadiki, Oq uy varianti mos kelmaydi!!!" — deb yozdi braziliyalik jangchi, postni tashkilot rahbari Dana Uayt bilan tushgan surati bilan birga joylashtirib.
Avvalroq Pereyra ushbu turnirda Jon Jonsga qarshi jang qilish istagi borligi haqida gapirgandi.
Havola :
Fikrlar