26 avg 18:38
Yangiliklar
Boks/MMA
Aleks Pereyra: "Rauntriga chempionlik jangi berilganidan hayron qoldim. Ankalaevni kutgandim"
Aleks Pereyra navbatdagi raqibi Ankalaev bo'ladi deb o'ylagan ekan.
"Xalil Rauntriga chempionlik jangi berishganida men ham hayron qoldim. Men Magomed Ankalaev bo'ladi deb o'ylagandim.
UFCdagilar Rauntrini yaxshi jang ko'rsatib bera oladigan jangchi sifatida ko'rishmoqda deb o'ylayman. Ular barchasini siz uchun qilishmoqda, yigitlar. Reyting ahamiyatga ega emas, muhimi Xalil amalga oshiradigan ish. Men bilan ham shunday bo'lgandi, reytingda tezlik bilan ko'tarilgandim", - dedi Aleks Pereyra.
Eslatib o'tamiz, Pereyra va Rauntri o'rtasidagi jang 6 oktyabr kuni UFC 307 turniri doirasida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar