03 okt 16:15
Yangiliklar
Boks/MMA
Aleks Pereyra Rauntrini mag'lub etsa, boshqa divizionga o'tadimi?
UFCning yarimog'ir vazn toifasidagi chempioni Aleks Pereyra UFC 307 turnirida kamarini muvaffaqiyatli himoya qilganidan so'ng vazn toifasini o'zgartiradimi?
Sportchi bu savolga javob berdi.
"To'g'risini aytsam, men kamarimni himoya qilishni maqul ko'rgan bo'lardim. Boshqa vaznga o'tish vaqt va qo'shimcha tayyorgarlik talab etadi. Hozir men ortiqcha muammosiz vazn meyorini bajaryapman", - dedi Pereyra.
Eslatib o'tamiz, Pereyra 7 oktyabr kuni Solt-Leyk-Sitida o'tkaziladigan UFC 307 turnirida Xalil Rauntriga qarshi jang qiladi.
Havola :
Manba : MMA Mania
Fikrlar