01 noy 08:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Aleksandr Usik CHisoraga qarshi jangdan so'ng nimalar dedi?
Superog'ir vaznli Aleksandr Usik bugun Derek CHisora ustidan g'alaba qozondi.
Ushbu jangdan so'ng ukrainalik bokschi o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"CHisora qattiq raqib, menga qarshi yaxshi jang qildi. Men shunday bahsni kutgandim, xatto bundan ham qiyinini. O'zimga ushbu jang uchun necha baho qo'ygan bo'lardim? Uch.
Men superog'ir vaznda qanday muvaffaqiyat qozoniimni ekspertlar gapiraverishsin. Albatta ushbu vaznda mutlaq chempion bo'lmoqchiman, shunchaki chempion emas, mutlaq chempion.
Hozir uyga qaytib, oilam bilan vaqt o'tkazishni istayman", - dedi Usik.
Havola :
Manba : Sports.ru
Fikrlar