12 noy 17:40
Yangiliklar
Boks/MMA
Aleksandr Usik: "Faqatgina shu holatda Fyuri bilan jangga ishonaman"
Bokschi Aleksandr Usik katta shov-shuvlarga sabab bo'layotgan Tayson Fyuriga qarshi jang haqida gapirdi.
Avvaliga jang 23 dekabrga reja qilingandi. Biroq Fyurining jamoasi jangning boshqa kunda bo'lishi borasida iltimos bilan chiqdi. Endi jang katta ehtimol bilan 2024 yilning fevral oyida o'tkazilishi mumkin.
"Jangning bo'lishiga to'laqonli ishonmayapman. Faqatgina ringga chiqqanimda men bir burchakda, Tayson esa boshqasida turganida, o'rtamizda oq kiyimli inson barchasini gapirib, jang qilishga bong urilganidagina jangga ishonaman", - dedi Usik.
Havola :
Manba : AP News
Fikrlar