30 okt 16:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Aleksandr Usik: Men CHisoradan qo'rqmayman, chunki...
Ukrainalik superog'ir vaznli bokschi Aleksandr Usik (17-0, 13 KO) britaniyalik Derek CHisora (32-9, 23 KO) bilan bo'ladigan jangdan qo'rqmayotganligini malum qildi.
"Men hali beri Derek haqida o'ylayotganim yo'q. Men u haqida shanba kuni o'ylashni boshlayman. U kuchli yigit va meni mag'lub etishga harakat qiladi. Men jamoam bilan bu jangga tayyorlandim. Albatta, CHisorada qandaydir yaxshi jihatlar bor, lekin men buni aniq bilmayman. Men qo'rqmayapman. Meni farishtalar saqlaydi, shuning uchun qo'rqayotganim yo'q.
Meni uni mag'lub qilaman! Men hech qachon sizlarga jangdan oldingi rejalarimni aytmayman. Bu maxfiy malumot. SHanba kuni sizlar buni ko'rib olasiz", - dedi Usik.
Eslatib o'tamiz, Usik - CHisora jangi ertaga kechqurun Londonda o'tkaziladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar