20 iyu 15:36
Yangiliklar
Boks/MMA
Aleksandr Usik nima uchun barcha chempionlik kamarlaridan voz kechganini tushuntirdi
Sobiq mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik og'ir vazndagi barcha chempionlik kamarlarini vakant qoldirish qarorining sababini aytdi.
"Men kamarlarni vakant qoldirdim, chunki uch marta mutlaq jahon chempioni bo'ldim. Endi esa navbatini kutib turgan yosh bokschilarga imkoniyat berishni xohlayman.
Bir vaqtlar men ham ularning o'rnida bo'lganman va ularni yaxshi tushunaman. Men unvonlardan voz kechdim, toki og'ir vazn divizioni rivojlanishda davom etsin. O'zim esa hali oldinda turgan so'nggi raqsni kutyapman", — dedi Usik.
Havola :
Fikrlar