05 iyu 20:24
Yangiliklar
Aleksandr Volkovning ehtimoliy raqiblari malum
Volkovning menejeri Ivan Bannikov mijozining keyingi raqibi kim bo'lishi mumkin degan savolga javob berdi.
"Men UFC matchmeykerlari bilan suhbatni bizga Derrik Lyuisni beringlar degan murojaat bilan boshlayman. Agar Lyuisni berishmasa, unda vaziyatga qarab ish tutamiz. Lekin Derrik buning uchun avval Sergey Pavlovichni mag'lub etishi shart. UFC bizga raqib bergan taqdirda ham birinchi navbatda men Sashaning o'zi bilan gaplashib, uning fikrini bilaman. Miochich - Jons, Gan - Tuivasa janglari g'oliblari bilan oktagonda to'qnash kelish ham biz uchun ajoyib sovg'a bo'lardi. Gan bilan revansh? Nima uchun yo'q? Bleydsga qarshi revansh ham bizga kerak. Reytingning kuchli uchtaligida borayotgan raqibni berishsa yaxshiroq bo'lardi", - dedi Bannikov "Ushatayka" kanaliga bergan intervyusida.
Fikrlar