30 iyu 14:55
Yangiliklar
Tennis
Aleksandr Zverev 14 oydan so'ng ilk bor ATR turniri finaliga chiqdi
Germaniyaning Gamburg shahrida bo'lib o'tayotgan ATR turnirining finalchilari malum bo'ldi.
Jahonning 19-raketkasi, mezbonlar vakili Aleksandr Zverev yarim finalda ATR reytingida 71-o'rinni egallab turgan franciyalik Artur Fisga qarshi kortga chiqdi.
Bir soatu 29 daqiqa davom etgan uchrashuvda Zverev raqibini 2 set natijasiga ko'ra 6/2, 6/4 hisobida mag'lub etib, o'z uyida o'tayotgan turnir finaliga chiqdi.
Etiborlisi, Zverev 2022 yilning may oyida Madridda Karlos Alkarazga mag'lub bo'lganidan beri ilk bor finalga chiqdi. O'tgan yilgi “Rolan Garros”da u oyog'idan jarohat olib, iyun oyida operaciya qilingan edi. SHundan so'ng u Turga faqat shu mavsumda qaytdi.
Endi u musobaqa finalida serbiyalik Laslo Jerega qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar