29 iyu 19:43
Yangiliklar
Tennis
Aleksandr Zverev o'z uyidagi turnir 1/2 finalida
Germaniyaning Gamburg shahrida o'tkazilayotgan tennis turnirida yarim final juftliklari malum bo'ldi.
Dunyoning 19-raketkasi Aleksandr Zverev chorak finalda ATP reytingida 77-pog'onada borayotgan franciyalik Lyuk Van Ashdan 6/3, 6/4 hisobida ustun keldi. Tennischilarning o'zaro ilk uchrashuvi bir daqiqasi kam bir yarim soat davom etdi.
Zverev 8 ta eys, 3 ta breyk qayd etib, 1 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Uning final yo'lidagi raqibi franciyalik 19 yoshli Artur Fis bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar