08 iyu 16:06
Yangiliklar
Tennis
Aleksandr Zverev "Rolan Garros" 1/2 finaliga chiqdi
Germaniyalik tennischi Aleksandr Zverev Franciya Ochiq chempionatining yarim final ishtirokchisiga aylandi.
Dunyoning 27-raketkasi ATP reytingida 49-pog'onada borayotgan argentinalik Tomas Martin Etcheverrini 6/4, 3/6, 6/3, 6/4 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi.
Uch soatu 22 daqiqa davom etgan bahsda Zverev 7, Etcheverri 8 ta eys zarbani amalga oshirgan. Aleksandr faoliyatida oltinchi bor "Katta Dubulg'a" turnirlarining 1/2 finaliga etib keldi. "Rolan Garros"da esa qatorasiga uchinchi bor yarim finalda o'ynaydi. Uning final ostonasidagi raqibi norvegiyalik Kasper Ruud bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar