01 avg 15:24
Yangiliklar
Tennis, Tokio-2020
Aleksandr Zverev - Tokio Olimpiadasi chempioni!
Jahonning beshinchi raketkasi, germaniyalik tennischi Aleksandr Zverev Tokio Olimpiadasining finalida jahon reytingida 25-o'rinni egallab turgan rossiyalik Karen Xachanovni mag'lub etdi.
1 soatu 19 daqiqa davom etgan uchrashuvda Zverev 6/3, 6/1 hisobida g'alaba qozondi va Olimpiya o'yinlari chempioniga aylandi. Bu ikki tennischi uchun ham faoliyatidagi ilk Olimpiada hisoblanadi. Zverev - erkaklar o'rtasida yakkalikdagi germaniyalik birinchi chempion bo'ldi. Rossiya uchun esa bu 2012 yildan buyon (Mariya SHarapova o'shanda finalda Serena Uilyamsga yutqazgan) birinchi yakkalik finali edi.
Erkaklar o'rtasidagi yakkalik bahslari:
1-o'rin: Aleksandr Zverev (Germaniya)
2-o'rin: Karen Xachanov (Rossiya)
3-o'rin: Pablo Karreno-Busta (Ispaniya)
Jahonning birinchi raketkasi Novak Jokovich esa to'rtinchi o'rin bilan kifoyalandi va Tokio Olimpiadasi medallaridan quruq qoldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar