26 avg 11:02
Yangiliklar
Tennis
Aleksandrova Klivlend turniri bosh sovrini uchun o'ynaydi
AQSHning Klivlend shahri mezbonlik qilayotgan tennis bo'yicha WTA turnirida 1/2 final uchrashuvlari o'tkazildi.
Dunyoning 22-raketkasi bo'lib turgan rossiyalik Ekaterina Aleksandrova WTA reytingida 49-pog'onadan joy olgan xitoylik CHju Linni 7/5, 6/2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi.
Sakson ikki daqiqa davom etgan bahsda Aleksandrova 7, CHju Lin 2 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar aksincha Ekaterinada ko'proq bo'ldi - 6 ga 2. Rossiyalik 4, xitoylik tennischi esa 1 ta breyk qayd etgan.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar