24 noy 13:53
Yangiliklar
Dzyudo
Alisher Yusupov kechki dasturda bronza uchun kurashadi
Osaka “Katta Dubulg'a” turnirida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Alisher Yusupov bronza medali uchun kurashadigan bo'ldi.
+100 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan dzyudochimiz chorak finalda yaponiyalik Yusuke Kumashiroga yutqazib qo'ygandi. O'tish bellashuvida koreyalik Kim Sang Minni mag'lubiyatga uchratgan Yusupov endi kechki dasturda bronza medali uchun kurashish huquqini qo'lga kiritdi.
Kim Sang o'tgan yili Indoneziyada o'tkazilgan 18-Osiyo o'yinlari g'olibi edi. Eng og'ir vaznli dzyudochimizning bronza medali uchun kechadigan bellashuvdagi raqibi esa shu yilgi Dyusseldrof hamda Braziliya “Katta Dubulg'a” turnirlari g'olibi, yaponiyalik Daygo Kagava bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar