So’nggi yangiliklar

20:28Анкалаев Костага "ответ" қилди: "Келаси ҳафтаёқ жанг қилишимиз мумкин" 0 20:05Пауло Коста: "Анкалаев чемпионлик жангидан кўра UFC`дан ҳайдалишга яқинроқ" 0 19:37Белграддаги UFC турнири оғир вазн тоифасидаги жангдан маҳрум бўлди 0 19:08Германия футбол иттифоқи вице-президенти: "Бу чегарадан чиқиш" 0 18:42Леброн Жеймс энди расман "Филадельфия" шарафини ҳимоя қилади 0 18:06Ўзбекистонда кейинги UFC жангчилари кимлар бўлиши мумкин? Жасур Алижонов жавоб берди 0 17:37Миразизбек Мирзахалилов, Ҳавасбек Асадуллаев ва яна бир боксчимиз Россияда жанг қилади + ПОСТЕР 0 17:13Инфантино ФИФАга аъзо давлатларга 40 млн. доллардан "пора" таклиф қилди 0 16:44Жонгкуч Мач NBA тарихидаги энг бўйдор ўйинчига айланиши мумкин 0 16:11Хоакин Бакли UFC турнирининг асосий жангида октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 15:45"Дивизионда жиддий муаммо бўла олади". Даниэль Кормье Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 15:19"Реал" Родри учун 50 миллион евродан ортиқ тўлашга тайёр 0 14:23Рамазон Темиров кейинги жангини қайси ойда ўтказиши мумкинлигини айтди 0 13:55«Формула-1» Баҳрайн Гран-приси мезбонлигини Малайзияга кўчирди 0 13:28Богдан Гусковнинг қиёфадоши АҚШда учта жиноят моддаси бўйича ҳибсга олинди 0

15 may 19:43
Yangiliklar

Dzyudo

Alisher Yusupov yangilangan reyting peshqadami

Xalqaro dzyudo federaciyasi Qatar davlatida o'tkazilgan jahon chempionati yakunlariga ko'ra sportchilarning yangi Olimpiada reytingini elon qildi.

Ahamiyatlisi, jahon chempionatida bronza medalini qo'lga kiritgan Alisher Yusupov tojikistonlik Temur Rahimovni ortda qoldirib, +100 kg vazn toifasining yangi peshqadamiga aylanib oldi. Uning hisobida 2310 reyting ochkosi bor. Rahimov ikkinchi o'ringa pastladi. 

-60 kg vaznda jahon chempionatining kumush medaliga ega chiqqan Dilshodbek Baratov 15-pog'onadan 6-o'ringa, bronza medali sohibi Murodjon Yo'ldoshev (-73 kg) 10-pog'onadan 6-o'ringa ko'tarilib oldi. Jarohati sabab jahon chempionatida ishtirok eta olmagan Davlat Bobonov 2-o'ringa pastladi.   

Halimajon Qurbonova (-48 kg) 26-o'ringa yuqorilab, Olimpiada pog'onasini saqlab qoldi. Jahon chempionati kumush medali egasi Diyora Keldiyorova 3-pog'onani saqlab qoldi.   

Dzyudochilarimizning yangilangan reytingdagi o'rinlari:

Ayollar:

-48 kg: 

1. Tsunoda Natsumi (Yaponiya) – 2500

26. Xalimajon Qurbonova – 620 


-52 kg:

1. Distriya Krasniki (Kosovo) – 2855 ochko

3. Diyora Keldiyorova – 2784

13. Sita Qadamboeva – 836


-70 kg:

1. Nizoe Saki (Yaponiya) – 3450 ochko

20. Gulnoza Matniyazova – 875


Erkaklar: 

-60 kg:

1. Li Xarim (Koreya Respublikasi) – 2310 ochko

6. Dilshodbek Baratov – 1644


-66 kg:

1. Abe Xifumi (Yaponiya) – 2500 ochko

17. Muhriddin Tilovov – 1034

22. Sardor Nurillaev – 879


-73 kg:

1. Stamps Nils (SHveycariya) – 2470 ochko

6. Murodjon Yo'ldoshev – 1870

8. Obidxon Nomonov – 1714

11. SHahram Ahadov – 1460


-81 kg:

1. Tato Grigalashvili (Gruziya) – 3575 ochko

26. SHarofiddin Boltaboev – 664 (qitaviy kvota)


-90 kg:

1. Luka Maysuradze (Gruziya) – 2800 ochko

2. Davlat Bobonov – 2174 


-100 kg:

1. Iliya Sulamanidze (Gruziya) – 2715 ochko

9. Muzaffarbek To'raboev – 1289


+100 kg:

1. Alisher Yusupov – 2310

2. Temur Rahimov (Tojikiston) – 2280

10. SHohruhxon Baxtiyorov – 1210

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing