30 dek 09:57
Yangiliklar

Aljameyn Sterling nega o'zini haqiqiy chempion deb hisoblashini aytdi
Super engil vaznda UFC chempioni Aljameyn Sterling nima sababdan o'zini to'laqonli chempion deb atashi haqida gapirdi.
"Texnik tarafdan qaraganda, Kori Sendxagen va men kuchliroq raqiblarni mag'lub qilgandik va o'zaro chempionlik jangi o'tkazishimiz kerak edi. UFC esa Yan va Aldo o'rtasida jang tashkil qildi. Ular mashxurroq edilar, holos. Umuman olganda men yoki Kori chempion bo'lishi kerak edi. Yanning muxlislari esa bizning jangni haqiqiy emas deyishdi, keyinchalik esa meni sohta chempionga chiqarishdi. Meni shuni tushuna olmadim.
Yan bilan revansh mart oyidagi raqamli turnirda bo'lishiga ishonyapman. Ular fevral, mart yoki aprel deyishyapti. Biroq, aprel juda kech bo'lib ketadi. Mart oyi mukammal sana bo'lardi. Men tayyorgarlikni boshlab yubordim", - dedi Aljameyn Sterling.
Fikrlar