11 noy 17:53
Yangiliklar

Aljameyn Sterling Pyotr Yanga qarshi rejalari haqida gapirdi
Eslatib o'tamiz, bu jang 12 dekabr kuni "UFC 256 turniri doirasida o'tkaziladi.
"Oldingi jangim singari men g'alaba qozonish uchun bir necha rejalar tuzganman. O'shanda men jamoadoshlarimga aytgandim. Hozir shunchaki chiqaman va raqibni nokautga uchrataman. Agar buni uddalay olmasam, unda stoykada turaman.
Yanga kelsak, men kuchli zarbalarim bilan uni muvozanatdan chiqarishga harakat qilaman. U esa bu zarbalarga dosh beraman deb o'ylaydi.
Uning rejalarini ham bilishni xohlar edim. Balki, kimdir xato qilgunicha shaxmat partiyasi kechar. Agar u bosimni oshirsa, jangni yo setkada yoki parterda davom ettiraman.
Men uni sindiradigan yo'lni ko'rmayapman. "Sabmishn" qo'llasam ham u taslim bo'lishni emas, "uxlab qolish"ni tanlasa kerak", -dedi Amerikalik jangchi.
Fikrlar