01 iyu 10:35
Yangiliklar
Boks/MMA
Aljameyn Sterlingning navbatdagi raqibi malum
UFC chempioni Alajmeyn Sterlingning raqibi reytingning ikkinchi pog'onasidan joy olib turgan jiddiy raqib bo'ladi.
Gap divizionning sobiq chempioni Ti Jey Dillashou haqida ketmoqda. Ayni paytda tashkilotchilarning jang sanasi va shartnoma bandlari bo'yicha ish olib borishyapti. Tez kunda bu haqda rasmiy malumot taqdim etiladi.
Eslatib o'tamiz, Sterling 9 aprel kuni Jeksonvill shahrida o'tgan UFC 273 turnirida Petr Yanni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgan edi. Ti Jey Dillashou esa ikki yillik diskvalifikaciyadan so'ng o'tgan yilning iyul oyida oktagonga qaytgan va Kori Sendxagenni mag'lubiyatga uchratgandi.
Katta ehtimol bilan bu jang sentyabr oyidagi UFC turnirlaridan biriga belgilanadi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar