27 okt 14:40
Yangiliklar
Boks/MMA
Aljemayn Sterling qaytishi borasida bayonot berdi
Eng engil vazn toifasida UFC kamari sohibi Aljemayn Sterling qachon qaytishi haqida fikr bildirdi.
"Menimcha, kelasi yilning yanvar-fevral oylarida qaytaman, uzog'i martga qadar jang qilaman. Hali beri qaytish niyatida emas edim, biroq yoshligim o'tib boryapti va shu sababli ham ertaroq qaytishim lozim.
Yil davomida uch marta kamar himoya qilmoqchiman, bu ajoyib natija bo'lardi. Agar jarohatlardan uzoqda yursam, bu ish qo'limdan keladi", - deya fikr bildirdi Sterling.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar