16 iyu 11:19
Yangiliklar
Boks/MMA
Aljemeyn Sterlingning raqibi va jang sanasi malum
Eng engil vaznda UFC chempioni Aljemeyn Sterlingning navbatdagi himoya jangini qachon va kimga qarshi o'tkazishi malum qilindi.
Amerikalik chempion sentyabr oyida o'tkaziladigan UFC 279 turnirida jang qiladi. 32 yoshli Sterling (21-3 MMA, 13-3 UFC) 36 yashar vatandoshi Ti Jey Dillashou (17-4 MMA, 13-4 UFC)ga qarshi oktagonga ko'tariladi.
UFC 279 turniri 11 sentyabr kuniga belgilangan. Xabarda aytilishicha, tomonlar jang shartnomasiga o'z imzolarini qo'yib ulgurishgan. Jang mezbonligiga Boston va Atlanta shaharlari davogarlik qilyapti.
Eslatib o'tamiz, Sterling ketma-ket 7 ta jangda g'alaba qozondi. G'alabalardan ikkitasi Petr Yan bilan jangga to'g'ri keladi. Dillashou esa so'nggi jangini 2021 yilning iyul oyida Kori Sendxagenga qarshi o'tkazib, raqibini mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar