05 noy 11:51
Yangiliklar
Almeyda Lyuisga qarshi jangda UFC rekordini yangiladi
Oqshomning markaziy jangi og'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda braziliyalik Jailton Almeyda amerikalik Derrik Lyuisni besh raund to'liq davom etgan bahsda ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi.
Aynan mana shu jangda UFC rekordi yangilandi. Jailton raqib ustidan nazorat qilish vaqti bo'yicha rekord qayd etdi. Mezbonlar vakili 25 daqiqalik jangning 21 daqiqayu 10 soniyalik vaqti mobaynida bahsni nazorat qilgan. Almeyda jangning katta qismini parterda o'tkazdi va ochkolarini asosan shu vaziyatda qo'lga kiritdi.
Bundan avvalgi UFC rekordi Kyortis Bleydsga tegishli edi. U 2020 yilda rossiyalik Aleksandr Volkovga qarshi o'tkazgan jangida 19 daqiqa 50 soniya vaqt davomida raqibi ustidan nazorat qilgandi.
Fikrlar