12 may 09:55
Yangiliklar
Boks/MMA
Alvares Bivol bilan jangda nimaning evaziga mag'lub bo'ldi? Boks afsonasi fikr bildirdi
Boks bo'yicha og'ir vaznda sobiq jahon chempioni Mayk Tayson Saul Alvaresning Dmitriy Bivol bilan jangdagi mag'lubiyati haqida gapirdi.
"Alvares jeblarni tezroq va samaraliroq amalga oshirganida, jang boshqacha kechgan bo'lardi. Bivol Alvaresning jeblaridan sarosimaga tushmagani uchun ham unga yaqinlashib bordi. Jeb ham yo'q, himoya ham yo'q. Bu vaziyat Bivolni yanada agressivroq qildi. Agar revanshda Saul Bivol bilan jangga jiddiyroq yondashsa, jang boshqacha bo'ladi. Bunga ishonchim komil", - dedi Tayson.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar