20 okt 12:59
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/47135_220.jpg)
Alvaresga ikkita The Ring chempionlik kamari topshirildi
Professional boksning o'rta vazn toifasida WBC va WBA yo'nalishlari chempioni Saul “Kanelo” Alvares dunyoga mashhur hisoblangan The Ring jurnali tasis etgan ikkita chempionlik kamarini qo'lga kiritdi.
Ushbu tantanali marosim AQSHning Los-Anjeles shahrida bo'lib o'tdi. Meksikalik jahon chempioni The Ring kamaridan tashqari vazn toifasidan qatiy nazar eng kuchli bokschiga atalgan The Ring Pound-For-Pound kamariga ham ega bo'ldi.
The Ring chempionlik kamari mana bir necha yildan beri topshirilib kelinadi. Ilk bor Jek Dempsi ushbu kamar sohibiga aylangan. O'z davrining barcha afsonaviy chempionlari The Ring kamarini qo'lga kiritgan.
Pound-For-Pound chempionlik kamari esa 1993 yilda tasis etilgan bo'lib, uning ilk sohibi Pernell Uitaker bo'lgan. Oskar De La Xoyya, Roy Jons, Bernard Xopkins singari afsonalar ham mazkur ikki sovringa sazovor bo'lishgan.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar