03 okt 11:30
Yangiliklar
Tennis

Amanda Anisimova Pekin WTA 1000 1/2 finalida
Dunyoning to'rtinchi raketkasi Amanda Anisimova Pekinda davom etayotgan WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnirning chorak final ishtirokchisiga aylandi.
Amerikalik tennis malikasi 1/4 finalda WTA reytingida 8-o'rinni egallab turgan italiyalik Jasmin Paolinini 6/7(4), 6/3, 6/4 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi edi - 2:0.
Ikki soatu 49 daqiqa davom etgan bahsda Anisimova 4, Paolini 1 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Breyklar va qo'shxatolar bo'yicha ustunlik ham Amanda tomonida bo'ldi. Endi u final chiptasi uchun vatandoshi Koko Goffga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar